OSI Model | Internet qanday ishlaydi?

OSI modeli

Bu maqolada OSI modeli va uning qatlamlari haqida gaplashamiz.

28th Aug 2025

networkOSI

Assalom alaykum! Bugun sizlar bilan OSI modelini o'rganamiz.

OSI model nima?

osi-model

Tasavvur qiling, siz Toshkentdan Samarqanddagi do'stingizga xat yuboryapsiz. Xat sizdan boshlab, pochta bo'limi, transport, yo'l orqali borib, oxirida do'stingizga yetadi. Internet ham huddi shunday ishlaydi!

OSI - bu "Open Systems Interconnection" so'zlarining qisqartmasi.

🏛️ Kim yaratgan? Bu model 1970-yillarning oxirida ISO (International Organization for Standardization - Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti) tomonidan ishlab chiqilgan va 1984 yilda ISO 7498 standarti sifatida chop etilgan.

🎯 Nima maqsadda yaratilgan?

  1. Standartlashtirish - 1970-yillarda turli xil kompyuter tarmoq usullari paydo bo'ldi va ular bir-biri bilan raqobatlashdi. Har bir kompaniya o'zining tarmoq protokollarini yaratdi (IBM, Cisco, Microsoft...). Bular bir-biri bilan "gaplasha" olmasdi!
  2. Universal til yaratish - OSI modeli kompyuter tarmoqlari uchun universal til bo'lib xizmat qiladi. Xuddi barcha mamlakatlar "diplomatiada ingliz tilini" ishlatgani kabi, tarmoqlarda ham umumiy "til" kerak edi.
  3. Turli sistemalarni birlashtirish - Model ikki alohida tizimning standartlashtirilgan interfeyslar yoki protokollar orqali muloqot qilishiga imkon berish uchun yaratilgan.

Oddiy qilib: 1980-yillarda kompyuterlar "har biri o'z tilida gaplashar" edi. OSI - bu "tarjimon" rolini o'ynab, barcha kompyuterlarning bir-biri bilan muloqot qilishiga yordam berish uchun yaratilgan.

📚 Nima uchun 7 ta qatlam?

Xuddi oshxonada osh pishirishda bosqichlar bor (go'sht kesish, sabzavot tayyorlash, pishirish) kabi, internetda ham ma'lumot uzatishning 7 ta bosqichi bor. Har bir bosqichning o'z vazifasi bor!


7️⃣ Application Layer - Dastur qatlami

7-layer

🎯 Vazifasi: Bu siz foydalanadigan dasturlar qatlami

Misol:

  • Browser ochib YouTube videosi ko'rishingiz
  • WhatsApp da xabar yiberishingiz
  • Email jo'natishingiz

Protokollar:

  • HTTP/HTTPS - Veb sahifalar uchun
  • FTP - Fayl uzatish uchun
  • SMTP - Email uchun

Oddiy qilib aytganda: Bu siz bilan bevosita ishlaydigan qatlam. Siz telefonda ilovani bosgandagina bu qatlam ishga tushadi.


6️⃣ Presentation Layer - Taqdimot qatlami

6-layer

🎯 Vazifasi: Ma'lumotni tarjima qilish, siqish va himoyalash

3 ta asosiy ishi:

  1. Tarjima - Siz "Salom" deb yozsangiz, uni kompyuter tili (binary)ga o'giradi
    • "Salom" → ASCII kodlari → 01010011 01100001 01101100...
  2. Siqish - 10 MB videoni 5 MB ga kichraytirib beradi (tezroq yuborilishi uchun)
  3. Shifrash - Parolingizni yoki karta ma'lumotlaringizni maxfiy qiladi
    • "123456" → "x7$#9k2%" ga o'zgartiradi

Misol: WhatsAppda rasm yuborishda, u avval siqiladi, keyin shifrlashtiriladi.


5️⃣ Session Layer - Sessiya qatlami

5-layer

🎯 Vazifasi: Aloqani boshqarish - boshlash, nazorat qilish, tugatish

Misollar:

  • Kirish tizimi - Login/Password tekshirish
  • Ruxsat berish - Faylni o'qish/yozish huquqi
  • Aloqani nazorat - Video qo'ng'iroq davomida aloqani ushlab turish

Oddiy misol: Do'stingiz bilan telefonda gaplashish:

  1. Telefon raqamni terish (aloqa o'rnatish)
  2. Gaplashish (aloqani nazorat qilish)
  3. "Xayr" deb telefoni qo'yish (aloqani tugatish)

Muhim: Zamonaviy brauzerlar (Chrome, Firefox) birinchi 3 ta qatlamni (7, 6, 5) o'zlari boshqaradi.


4️⃣ Transport Layer - Transport qatlami

4-layer

🎯 Vazifasi: Ma'lumotni kichik qismlarga bo'lish va xavfsiz yetkazish

3 ta asosiy vazifasi:

  1. Bo'laklarga ajratish - 10 MB videoni 10 ta 1 MB qismga bo'ladi
    • Nega? Kichik qismlar osonroq uzatiladi!
    • Har bir qismga raqam beriladi (1, 2, 3...)
  2. Oqim nazorati - Yuboruvchi tez, qabul qiluvchi sekin bo'lsa, tezlikni moslashtiradi
    • Misol: Siz internetni 10 MB/s tezlikda olaolsangiz, lekin telefon 1 MB/s ni qabul qila olsa, u 1 MB/s ga tushuradi
  3. Xatoliklarni tuzatish - Yo'qolgan qismlarni qayta so'raydi
    • Misol: 3-qism yo'qolsa, "3-qismni qayta yuborin" deb so'raydi

Port raqamlari: Har xil dastur uchun alohida "eshik" raqami

  • HTTP: 80-port
  • HTTPS: 443-port
  • Email: 25-port

3️⃣ Network Layer - Tarmoq qatlami

3-layer

🎯 Vazifasi: Ma'lumotni qayerga yuborish kerakligini aniqlash va yo'l topish

Asosiy tushunchalar:

IP Address - Bu kompyuterning manzili (192.168.1.1 kabi)

  • Xuddi uyingizning manzili kabi: "Toshkent sh., Chilonzor t., 1-kv"

Routing - Eng yaxshi yo'lni topish

  • Misol: Toshkentdan Samarqandga 3 xil yo'l bor. Router eng tez va xavfsiz yo'lni tanlaydi

Paket - Bu qatlamda ma'lumot "paket" deb ataladi:

[Kimdan IP] [Kimga IP] [Ma'lumot]

DNS - Domen nomini IP ga o'giradi

  • google.com → 142.250.191.14

Misol: Siz "youtube.com"ga kirishni xohlasangiz:

  1. DNS sizga YouTube serveri manzilini beradi
  2. Router eng yaxshi yo'lni topadi
  3. Paket shu yo'l orqali yuboriladi

2-layer

🎯 Vazifasi: Fizik qurilmalar orasida ma'lumot uzatish

Asosiy tushuncha: MAC Address

  • Bu qurilmaning "pasport raqami" (aa:bb:cc:dd:ee:ff kabi)
  • Har bir WiFi karta, ethernet port, telefon kartasining o'ziga xos raqami bor

Frame - Bu qatlamda ma'lumot "frame" deb ataladi:

[Kimdan MAC] [Kimga MAC] [Ma'lumot]

3 ta asosiy vazifasi:

  1. Muhitga kirish - Internet kabeli band yoki bo'sh ekanligini tekshirish
  2. Kolliziyani oldini olish - Bir vaqtda bir nechta qurilma ma'lumot yubormoqchi bo'lsa, Data Link Layer navbatni boshqaradi va to'qnashuvlarning oldini oladi.
  3. Xatolikni aniqlash - Ma'lumot to'g'ri kelgan-kelmaganini tekshirish

Misol: Uyingizda 5 ta telefon WiFiga ulangan. Barchasi bir vaqtda video yuklamoqchi. Data Link Layer navbat qo'yadi - avval birinchi, keyin ikkinchi va hokazo.


1️⃣ Physical Layer - Fizik Qatlam

1-layer

🎯 Vazifasi: Ma'lumotni elektr signali, yorug'lik yoki radio to'lqiniga aylantirish

Turli muhitlar:

  • Ethernet kabeli - Elektr signallari
  • Optik tolali - Yorug'lik impulslari
  • WiFi - Radio to'lqinlari
  • Bluetooth - Radio to'lqinlari

Qanday ishlaydi:

  1. Ma'lumot bitlari (0 va 1) keladi
  2. Ularni fizik signalga o'giradi
  3. Kabel/havo orqali yuboradi
  4. Qabul qiluvchi tomonda signalni qayta bitlarga o'giradi

Misol: Siz WiFi orqali rasm yuborsangiz:

  • Rasm bitlarga aylanadi (010110...)
  • WiFi karta buni radio to'lqiniga o'giradi
  • Radio to'lqini havoda tarqaladi
  • Do'stingizning telefoni bu to'lqinni qabul qilib, qayta rasmga aylantiradi

🎯 Xulosa

OSI Model - bu internetning "qurilish qoidalari"dir. Xuddi bino qurishda:

  • Poydevor (Physical) - kabellar, WiFi
  • Devorlar (Data Link, Network) - yo'naltirish, manzillash
  • Xonalar (Transport, Session) - ma'lumot bo'lish, boshqarish
  • Ichki bezak (Presentation) - siqish, himoyalash
  • Yashaydigan joylar (Application) - dasturlar

Eng muhimi: Har bir qatlam o'z ishini bajaradi va boshqa qatlamlar bilan hamkorlik qiladi. Bu tizim tufayli biz internetdan osonlik bilan foydalana olamiz!


💡 Eslab qoling: Real dunyoda TCP/IP model ishlatiladi, lekin u OSI modelga asoslangan. OSI - bu nazariy asos, TCP/IP - amaliy amalga oshirish!

Qo‘shimcha resurslar


🔥

Telegram Kanalimizga Qo'shiling

Yangi postlarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanaliga obuna bo'ling!

@DavronbekDev
Bu postni qanday baholaysiz: